Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmon
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-198-son Farmoni toʻgʻrisida
Muxtaram Prezidentimizning joriy yilning 24-avgust kuni “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.
Ushbu Farmon orqali endilikda mamlakatimizda mulk huquqining daxlsizligi, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvlar va xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirishda katta qadam boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaymiz.
Qolaversa, bugungi kunda mulk huquqi masalasiga alohida eʼtibor bilan qarashi, uni rivojlanishning eng muhim omillaridan biri sifatida qadrlashi keng jamoatchilkka maʼlumdir.
Hususan, mazkur Farmon bilan xalqimizning, tadbirkorlarning va har bir insonning oʻz mulkiga erkin egalik qilishi va undan foydalanishiga toʻsqinlik qilayotgan koʻplab tartiblar, talablar va cheklovlar bekor qilindi.
Jumladan:
· endilikda mulkka boʻlgan huquqni qaysidir organ tomonidan (prostest asosida ham) oldin qabul qilingan hujjatni bekor qilish orqali tugatish mumkin emas. Agar hujjat noqonuniy qabul qilingan boʻlsa, faqat sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
· bundan buyon yuridik shaxs tugatilganda, uning qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlari bekor qilinmaydi va yer davlat zaxirasiga qaytarib olinmaydi. Aksincha, ushbu yerlar tugatilayotgan yuridik shaxs muassislariga oʻtadi;
· yerdan ixtiyoriy voz kechish notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilanmoqda, bunda hokim tomonidan qaror qabul qilish talabi bekor qilinmoqda.
· mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega boʻlmagan shaxslarni turar joydan doimiy roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish talab etilmaydi.
· koʻchmas mulk boʻyicha davlat reestriga noqonuniy yoki haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarning kiritilishi natijasida unga ishonib harakat qilgan shaxslarga yetkazilgan zarar hamda turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida uning haqiqiy egasiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilanmoqda.
· davlat organlari sudlarda fuqarolarga nisbatan mulkiy daʼvolar kiritishda davlat boji toʻlashdan ozod qilingan. Endilikda ularning soni qisqartirilib, imtiyozidan foydalangan holda yetarli asoslar boʻlmasa ham sudlarga daʼvolar kiritish holatlariga chek qoʻyiladi.
· shaxsga nafaqat oʻzining hayotini, balki oʻz mulkini ham har qanday tajovuzdan himoya qilish huquqi beriladi.
Aytish joizki Adliya vazirligiga esa yuqorida keltirilgan yangi tartiblarni nazarda tutuvchi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Qolaversa, mazkur Farmon mulk huquqini yuksak qadriyat sifatida davlat organlari tizimida toʻliq roʻyobga chiqarishga katta hissa qoʻshishi va mulkiy huquqlarning davlat tomonidan kafolatlanishiga boʻlgan ishonchni mustahkamlanishigi xizmat qiladi.
Furqat Yoʻldoshov,
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi
bosh maslahatchisi