Янгиликлар
Koʻchmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Koʻchmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Joriy yilning 6-dekabrida “Davlat boji toʻgʻrisida” gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” gi Qonuni qabul qilinib, ijroga qaratildi.
Davlat boji — amalga oshirilgan qator xizmatlar, xususan, sud tomonidan daʼvo arizalari va boshqa hujjatlarning qabul qilinishi, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, qator hujjatlarni berish, shuningdek, maxsus huquqni berganlik uchun undiriladigan toʻlovdir.
Amaldagi qonun hujjatlarida bojlarning uchta turi ajratib koʻrsatilgan boʻlib, bular — davlat boji, bojxona toʻlovi va roʻyxatga olish boji.
Qabul qilingan qonunga asosan endilikda davlat boji; -koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun agar koʻchmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan boʻlsa, BHMning 1 baravari (ilgari koʻchmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);
-agar koʻchmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan boʻlsa, BHMning 50 foizi (ilgari koʻchmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha);
-mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga oʻzgartishlar kiritganlik uchun mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi);
- jismoniy shaxslar uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);
- yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari);
-mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);
-garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha); - yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs boʻlsa – BHMning 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha);
qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigacha) miqdorda undiriladi.
Shuningdek, qabul qilingan qonunga binoan, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji -avtomototransport vositalari uchun – BHMning 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigatelining quvvati, yaʼni ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan 10 baravarigacha);
-bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHMning 25 foizi (ilgari ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 10 foizidan 50 foizigacha);
-avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun esa, -mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHMning 50 foizi;
-boshqa shaxslarga – BHMning 2 baravari (ilgari BHMning 3 baravari) miqdorida hamda qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish toʻgʻrisidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undirilishi belgilandi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova