Янгиликлар
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi belgilandi
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi belgilandi
Joriy yilning 9-dekabrida Hukumatimiz tomonidan ыabul ыilingan qaror bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Mazkur qaror bilan “Davolash profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlariga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida” gi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan lavozim maoshi — yilning kalendar oyi uchun muayyan murakkablikdagi mehnat (lavozim) vazifalarini bajarish uchun xodimning mehnatiga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori (kompensatsiya, ragʻbatlantirish va ijtimoiy toʻlovlar, nafaqalar va boshqa qoʻshimcha toʻlovlarni hisobga olmagan holda);
qoʻshimcha haq — amalga oshirilgan muayyan ish boʻyicha natijaga erishilganligi uchun har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov;
xodim — muassasalarda tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan ilmiy darajaga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari nazarda tutilgan.
Nizom bilan davlat davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshayotgan ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga har oylik qoʻshimcha haq toʻlash tartibi belgilangan. Shunga koʻra, muassasalarning fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlgan xodimlariga asosiy ish joyi boʻyicha har oylik ish haqiga qoʻshimcha haq belgilandi.
Xodimga qoʻshimcha haq uning joriy yil (kalendar yil) mobaynidagi faoliyati natijalari tahliliga asosan kelgusi yil uchun belgilanadi.
Qoʻshimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq boʻlmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi. Xodim bir nechta muassasada qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan boʻlsa, u asosiy ish joyi boʻyicha qoʻshimcha haq olish huquqiga ega boʻladi.
Qoʻshimcha haq miqdori bir oyda – fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi lozim.
Shuningdek, xodimning ariza berilgandan soʻng ariza berilgan yil yakuniga qadar erishgan va inobatga olinmagan natijalari keyingi yilda qoʻshimcha haq olish uchun murojaat qilinganda hisobga olinadi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
Yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova