Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kimlar maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun bogʻcha puli toʻlamaydi?


Kimlar maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotganligi uchun bogʻcha puli toʻlamaydi?

 

Qonunchilikka asosan, quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi:

-nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish).

-eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik).

-koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlar, bir koʻzi soqqasi yoʻqligi (anoftalm), ambliopiya va gʻilay boʻlgan zaif koʻradiganlar).

-tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar (bosh miya, boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqa, boʻgʻimlar va oyoqlar operatsiyalarining barcha turlaridan keyingi holati; boʻyin, koʻkrak qafasi, umurtqaning idiapatik deformatsiyalari; kifoz; lordoz; kifoskolioz; oyoq panjalari falaji; tayanch-harakatlanish aʼzosi rivojlanishi anomaliyalari; artrozoartritlar; ostexondropatiya; xondrodistrofiya; bolalar serebral falaji; meningoensefalitga chalingandan keyin hamda tugʻruq asoratlaridan keyingi tayanch-harakatlanish aʼzolarining barcha patologiyalari (gemiparez, paraparez, monoparez va shu turdagi plegiyalar); poliradikulonevritlar va ularning asoratlari).

-psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi).

-murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

-sil kasalligining ilk koʻrinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xoʻjalikdan) boʻlib aloqada boʻlganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Bunday bolalarni ozod qilish tegishli tibbiyot muassasasining maʼlumotnomasiga asosan amalga oshiriladi.

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

Yetakchi maslahatchisi                                               N. Anarqulova