Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik borligini bilasizmi?


Nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday javobgarlik borligini bilasizmi?

 

Oʻzbekiston Respublikasining “Oila” kodeksining 15-moddasida Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun oʻn sakkiz yosh etib belgilangan.

Shuningdek, uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda (homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra nikoh davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin.

         Ammo Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 4733-moddasida nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Xususan, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish 1,5 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha jarima qoʻllanishi, ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish 2,1 mln soʻmdan 4,5 mln soʻmgacha jarima qoʻllanishi, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish 3 mln soʻmdan 6 mln soʻmgacha miqdorda jarima qoʻllanishi hamda ushbu huqubuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgandan keyin takroran sodir etish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi belgilangan.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                        N. Anarqulova