Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Endilikda tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi


Endilikda tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi

 

Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida joriy yil 12-dekabrda Prezidentimizning “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga koʻra, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻi “nol” stavkada qoʻllaniladi.

Shuningdek, 2022-yil 10-dekabrdan 2023-yil 1-aprelgacha Prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari boʻyicha tekshirishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, ushbu qarorda tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-torojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritish belgilangan.

 

 

Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi                                                          Nazokat Anarqulova