Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tumanlararo tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil qilinadi


Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tumanlararo tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil qilinadi

Hukumat qarori (644-son, 04.11.2022-y.) bilan Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli tumanlararo tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil qilinadi.

Tibbiy yordam koʻrsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari tashkil etiladi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) mastlik holatidagi shaxslarni tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib borish uchun quyidagi mezonlar asos boʻladi:

-         shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki oʻzi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotganligi (biror joyda yotgan yoki oʻtirgan holati);

-         shaxsning uyquchanligi, uygʻotishning qiyinligi;

-         shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;

-         nutqining noaniq, tushunarsiz, oʻzaro bogʻliq boʻlmagan uzuq-yuluq alohida soʻzlardan tashkil topishi (gʻuldirashi);

-         savollarni yaxshi tushunmasligi, oʻzining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.

Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib boriladi.

Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam koʻrsatish punktida 12 soatgacha boʻlganda dalolatnoma, 12 soatdan koʻp vaqt boʻlganda va tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlgan hollarda kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi E.Eshonqulov