Янгиликлар
Bilib qoʻygan yaxshi
Bilib qoʻygan yaxshi
Savol: Avtomashinani kimlar ishonchnomasiz boshqarishi mumkin?
Javob: Transport vositasi egasining quyidagi qarindoshlari transport vositasini ishonchnomasiz boshqarishi mumkin:
Ota-onasi;
Turmush oʻrtogʻi;
Bolalari;
Aka-ukalari;
Opa-singillari;
Ushbu yaqin qarindoshlar haqida maʼlumot (familiyasi, ismi, otasining ismi, qarindoshlik darajasi) transport vositasi egasining sugʻurta polisida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Savol: Otamning vafotidan soʻng, men onam bilan otamdan qolgan uyni akamning nomiga rasmiylashtirishga kelishdik va men notariusga borib, merosdan voz kechib, arizani imzoladim. Hozirda kelishmovchilik sabab arizamni bekor qilmoqchiman, Shunday qilsam boʻladimi agar boʻlgan taqdirda tartibi qanday boʻladi?
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1147-moddasiga asosan, merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi. Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas, deb belgilangan.
Ushbu qonunning 1148-moddasiga binoan merosdan izohlar yoki shartlar qoʻyib voz kechish mumkin emas.
Merosdan voz kechish arizasini bekor qilish daʼvo arizasi bilan fuqarolik sudiga murojaat etishingiz mumkin.
Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Abduvaliyev