Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari to‘g‘risida xabardormisiz?


Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari to‘g‘risida xabardormisiz?

Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tanlov asosida nomzodni davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlash orqali amalga oshiriladi, bundan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda nazarda tutilgan boshqacha tartib bo‘yicha egallash mustasno.

Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Chet el mutaxassislari va ekspertlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda egallashi mumkin. Chet el mutaxassislari va ekspertlarining xizmatni o‘tash tartibi hamda shartlari tegishli shartnoma asosida belgilanadi.

Quyidagilar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas:

o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, agar davlat fuqarolik xizmati lavozimiga doir malaka talablarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa;

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;

sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar;

korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar;

og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar;

tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar;

davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng bo‘lgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi.

Davlat fuqarolik xizmatining bo‘sh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali o‘tkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi.

Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov o‘tkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

 

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2022 yildagi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli Qonuni.

        

 

Parkent tumani adliya

         bo‘limi bosh maslahatchisi

Abdulaziz Xamdamov