Янгиликлар
QUYOSH FOTOELEKTRIK STANTSIYALARI QURGAN SHAXSLARGA KOMPENSATSIYA BERILADI
QUYOSH FOTOELEKTRIK STANTSIYALARI QURGAN SHAXSLARGA KOMPENSATSIYA BERILADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun o‘zbekiston respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 217-sonli Qarori bilan “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlangan.
Nizomga ko’ra, Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun budjet mablag'lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
Jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stantsiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
- quyosh fotoelektrik stantsiyalari uchun – 3 million so'mdan;
- quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so'mdan;
- energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so'mdan oshmaydigan miqdorda;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo'yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
- jismoniy shaxslarga – 500 million so'mdan oshmaydigan kreditlar bo'yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko'p bo'lmagan miqdorda;
- yuridik shaxslarga – 5 milliard so'mdan oshmaydigan kreditlar bo'yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko'p bo'lmagan miqdorda.
Parkent tumani adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Tojiboyev
Diyorjon Pardaboy o’g’li