Янгиликлар
Yangi qabul qilingan mexnat kodeksiga koʻra tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash tartibi qanday?
Yangi qabul qilingan mexnat kodeksiga koʻra tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash tartibi qanday?
Yangi qabul qilingan Mexnat kodeksining 264-moddasiga asosan quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq toʻlash kamida bir
yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:
mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimida – tungi vaqtdagi ishning
har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qoʻllagan holda;
mehnatga haq toʻlashning ishbay tizimida – tegishli razryadga
(malakaga) ega boʻlgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining
(maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va
qoʻshimcha toʻlov toʻliq toʻlanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash tarif
stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.
Tungi vaqtdagi, shuningdek koʻp smenali rejimdagi ish uchun ish
haqiga doir qoʻshimcha toʻlovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish
beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra qabul
qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilanadi.
Parkent tumani adliya boʻlimi yuridik
yuridik xizmat koʻrsatish boshligʻi S.R.Xasanboyev