Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 13.10.2022 yildagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 592-son qarori qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 13.10.2022 yildagi “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash haqidagi 592-son qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga ko‘ra, paxta tozalash sanoatida bir mavsum ishlash bir yil mehnat stajiga o‘tadi

Bunga ko‘ra, to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar va sanoatning mavsumiy tarmoqlari quyidagilardir:

- Paxta tozalash sanoati korxonalaridagi ishlar:

-paxtani quritish;

-paxtani tozalash;

-paxtani yuklash, tushirish;

-paxtani pnevmotransportga ortish;

-quritish-tozalash sexini yig‘ishtirish va isitish, ishlab chiqarish chiqindilarini chiqarib tashlash.

 

Sanoatning qand-shakar va konserva ishlab chiqarish tarmoqlari korxonalaridagi ishlar.

Ipakchilik tarmog‘i korxonalari va fermer ho‘jaliklaridagi ishlar:

-tut urug‘i tayyorlash;

-tut nihollari va tut ko‘chatlari yetishtirish;

-tut ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarda jonlantirish;

-tut ipak qurtini parvarishlash;

-tirik va quruq pillani saralash;

-tirik pillani quritish;

-pillani qo‘l kuchi yordamida tashish;

-pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);

-urug‘chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;

-tut ipak qurti urug‘larini mikrotahlildan o‘tkazish;

-tut ipak qurti urug‘lariga ishlov berish;

-ut ipak qurti urug‘larini qishlash davridagi ishlar;

-tut ipak qurti urug‘larini qadoqlash va yorliqlash.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                               M.Mirxomidov