Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 23.11.2022 yildagi 666–son qarori bilan, “Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’ektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlandi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 23.11.2022 yildagi 666–son qarori bilan, “Noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’ektlarga yetkazilgan zararni hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

 

Mazkur Nizom bilan quyidagilar belgilandi:

- noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda tabiiy ob’ektlarga yetkazilgan zararni aniqlash tartibi;

-noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda keng tarqalgan foydali qazilmalarga yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

-noruda materiallarni noqonuniy qazib olishda ifloslantiruvchi moddalarning suv ob’ektlariga va joylarning relefiga oqizib yuborilishi oqibatida yetkazilgan zararni hisoblash usullari;

-noruda materiallarni noqonuniy qazib olish oqibatida tabiiy ob’ektlarga yetkazilgan zararni qoplash va undirish tartibi.

Mazkur nizom talablari strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni va qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida noqonuniy qazib olishda hamda texnogen mineral hosilalardan foydalanishda yetkazilgan zararni hisoblashga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Quyidagi holatlar noruda materiallarni noqonuniy qazib olish hisoblanadi:

- noruda materiallar mavjud yer qa’ri uchastkasidan ruxsatnoma olmasdan turib foydalanish;

- noruda materiallar uchun berilgan kon ajratmasidan va ajratilgan yer uchastkalari doirasidan chetga chiqish.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi boshlig‘i                                                      G.Roxmonqulov