Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qili
O‘zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo‘lgan bolani yolg‘iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra quyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilishga yo‘l qo‘yiladi:
- tashkilot (uning alohida bo‘linmasi) o‘z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
- xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;
- xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi.
- Amaldagi tartibga ko‘ra, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov