Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlapr Maxkamasi tomonidan 04.11.2022 yilda “Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 647-son qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlapr Maxkamasi tomonidan 04.11.2022 yilda “Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 647-son qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma’lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi
-Qarorga ko‘ra, davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni ta’minlovchi “cns.davaktiv.uz” portali ishga tushirilgan.
- Kuzatuv kengashi a’zoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar aasosida tanlab olinadi.
- Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
- Nizom nomzodlarga qo‘yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.
- 2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo‘sh o‘rinlarga oid ma’lumotlar o‘zgarish bo‘lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda “cns.davaktiv.uz” maxsus portalga joylashtiriladi.
- Ma’lumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov