Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2022 1ilda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–414-son qarori qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2022 1ilda “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–414-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur qarorga ko‘ra, Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi

 

-Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta’lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo‘lgan xorijiy OTM dasturiga ko‘ra shakllantiriladi.

- 2023/2024 o‘quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:

-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;

-Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;

-O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;

-Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib (1-o‘rin) bo‘lgan sportchilar.

 

Jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida 2023 yil 1 yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.

 

- 2023 yil 1 yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

 

Parkent tumani aldiya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                            A.Xamdamov