Янгиликлар
Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari
Ish beruvchining xodimlarning vakillik organlari oldidagi majburiyatlari
Ish beruvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:
xodimlar vakillik organlarining huquqlariga rioya qilish, ularning faoliyatiga ko‘maklashish;
xodimlarning manfaatlariga taalluqli qarorlar qabul qilishdan oldin ularning vakillik organlari bilan maslahatlashish, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan hollarda esa, — ularning roziligini olish;
xodimlar vakillik organlarining takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qabul qilingan qarorlar haqida ularga yozma ravishda asosli javob berish;
xodimlarning vakillik organlari a’zolarini korxonaga, manfaatlari ifoda etilayotgan xodimlarning ish joylariga moneliksiz qo‘yish;
xodimlarning vakillik organlariga mehnat, korxona faoliyati masalalariga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir axborotni tekin berish;
xodimlarning vakillik organlariga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratib berish;
xodimlarning vakillik organlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish va boshqalar.
Olmaliq shahar YUXKM
bosh yuriskonsulti Matluba Ashurova