Янгиликлар
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer ajratish tartibi
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer ajratish tartibi
YERELEKTRON» avtomatlashtirilgan axborot tizimi — er uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va unga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi hisoblanadi.
· Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.
· Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qarori bilan belgilangan buyurtmachi er uchastkasini ajratish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligiga buyurtma beradi.
Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi. Qurilish bosh boshqarmasining ijobiy xulosasi, Kengashning kelishuvi va vakolatli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi ikki kun davomida er uchastkasini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun ajratish haqida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron — «E-qaror» tizimi orqali qaror qabul qiladi.
Ohanagron shahar adliya
bo`limi bosh maslahatchisi O.Annakulov