Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Istemolchi huquqlarining himoyasi


Istemolchi huquqlarining himoyasi

 

Iste’molchi tovar (ish, xizmat) erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli tanlash huquqiga ega.

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran 10 kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi. Sotuvchi belgilangan muddatda nooziq-ovqat tovarlari saqlanib qolgan holda qabul qilishni rad etishga haqli emas. Agar sotuvchi uzrsiz sabablarga ko‘ra tovarni qaytarib olishdan yoki tovarni almashtirishdan bosh tortsa, u holda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga (tel.1159) murojaat qilishingiz kerak. Iste’molchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Da’volar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, javobgar, iste’molchi joylashgan erdagi yoki zarar etkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Iste’molchilar o‘z huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko‘zlab qo‘zg‘atiladigan da’volar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.

 

Ohangaron shahar adliya

bo`limi bosh maslahatchisi                                                         O.Annakulov