Янгиликлар
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya toʻlovlari oluvchi sifatida jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda merosga oʻtadi va merosxoʻrga bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi. Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan boʻlsa, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi qonunchilikda belgilangan shaklda beradigan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni olish uchun asos boʻladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomada jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari boshlanadigan sana koʻrsatiladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni oluvchiga ariza Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi hamda berilgan guvohnomalar hisobini yuritadi.
Ohangaron shahar adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi O.Annakuov