Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Tekinga foydalanish shartnomasi


Tekinga foydalanish shartnomasi

 

Tekin foydalanish (ssuda) shartnomasi boʻyicha bir taraf (ssuda beruvchi) ikkinchi tarafga (ssuda oluvchiga) ashyoni vaqtincha tekin foydalanish uchun berish majburiyatini oladi yoki beradi, ikkinchi taraf esa bu ashyoni qanday olgan boʻlsa, normal yeyilishni hisobga olib xuddi shunday holatda yoki shartnomada nazarda tutilgan holatda qaytarib berish majburiyatini oladi.

Ashyoni tekin foydalanishga berish huquqiga uning mulkdori va qonun yoki mulkdor tomonidan vakolat berilgan boshqa shaxslar ega boʻladi. Tijorat tashkiloti oʻz muassisi, ishtirokchisi (aksiyadori), rahbari, oʻz boshqaruv yoki nazorat organlarining aʼzosi boʻlgan shaxsga ashyoni tekin foydalanishga berishga haqli emas. Ssuda beruvchi ashyoni undan tekin hamda vazifasiga muvofiq foydalanish shartlariga javob beradigan holatda topshirishi shart.

Agar shartnomada boshqa tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, ashyo undan tekin foydalanish uchun barcha mansub ashyolari va tegishli hujjatlari (foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar, texnik pasporti va shu kabilar) bilan birga beriladi.

Agar bunday ashyolar va hujjatlar berilmagan boʻlib, ularsiz ashyodan vazifasiga muvofiq foydalanib boʻlmasa yoki undan foydalanish ssuda oluvchi uchun oʻz ahamiyatini ancha yoʻqotsa, ssuda oluvchi bunday ashyolar va hujjatlar berilishini yoki shartnoma bekor qilinib, oʻzi koʻrgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli. Agar ssuda beruvchi ashyoni ssuda oluvchiga bermasa, ssuda oluvchi shartnomani bekor qilish va yetkazilgan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.

 

Ohangaron shahar adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi                                                      O.Annakulov