Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Uy-joy ijarasi shartnomasi


Uy-joy ijarasi shartnomasi

 

Doimiy yashash uchun yaroqli boʻlgan alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin.

Uy-joyning yashash uchun yaroqliligi uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Koʻp kvartirali uydagi uy-joyni ijaraga olgan shaxs undan foydalanish bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 211-moddasida koʻrsatilgan mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega boʻladi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan uy-joyni ijaraga berish shartnomasi davlat soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.

Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan uy-joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga olib bormaydi. Bunda yangi mulkdor ilgari tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga doimiy yashash uchun yaroqli boʻsh uy-joyni berishi lozim. Ijaraga beruvchi ijaraga berilgan turar joy joylashgan uydan tegishli darajada foydalanishni amalga oshirishi, ijaraga oluvchiga haq evaziga zarur kommunal xizmat koʻrsatishi yoki xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi, koʻp kvartirali uyning umumiy foydalaniladigan mol-mulki va turar joy binosida joylashgan kommunal xizmat koʻrsatish qurilmalari taʼmirlanishini taʼminlashi shuningdek uy-joydan faqat ijara shartnomasida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanishni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.

 

Ohangaron shahar adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi                                                       O.Annakulov