Янгиликлар
Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga fuqarolarni hisobga qoʻyish, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish uchun Oʻzbekiston Respublikasining interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida elektron ariza berishga haqli.
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ø shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish;
Ø jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish.
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli maʼlumotlar Xalq bankining yagona maʼlumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi.
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi tartib raqami oʻzgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochish talab etilmaydi.
Ohanagron shahar adliya
boʻlimi bosh maslahatchisi O.Annakulov