Янгиликлар
1.Ta’til jadvalida qanday ta’tillar aks ettiriladi?
Ta’til jadvalida qanday ta’tillar aks ettiriladi?
Mana 2022 yilning dekabrь oyi ham keldi. Kadrlar xizmati xodimlariga ham ish ko’payadigan oy bu dekabrь. Masalan, amaldagi MK 144-moddasiga asosan shu oy oxirigacha keyingi yilda beriladigan mehnat ta’tillari jadvalini shakllantirish kerak. Xo’sh, mehnat ta’tili jadvalida qanday ta’tillar aks etishi kerak?
▪️Ta’til jadvali quyidagi ta’tillarni o’z ichiga olishi kerak: haq to’lanadigan yillik asosiy ta’til; haq to’lanadigan yillik qo’shimcha ta’til; joriy yil davomida xodim tomonidan foydalanilmagan va keyingi yilga ko’chirilgan ta’til.
▪️Yillik asosiy ta’tilning davomiyligi, odatda, 15 kalendarь kun (amaldagi Mehnat kodeksining 134-moddasi).
▪️Shuningdek, xodimlarning ayrim toifalari uchun qonunchilik yillik uzaytirilgan asosiy ta’tilni ham nazarda tutadi. Masalan, amaldagi kodeksning 135-moddasiga muvofiq ushbu toifalarga quyidagilar kiradi:
➖o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga — 30 kalendarь kun;
➖ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — 30 kalendarь kun.
▪️Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining o’ziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni e’tiborga olib, qonun hujjatlariga muvofiq qo’shimcha ta’tillar ham belgilanadi. Masalan:
➖mehnat sharoiti noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlarda band bo’lgan xodimlarga (137-modda);
➖og’ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ish bajarayotgan xodimlarga (138-modda);
➖mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda xodimlarga yillik qo’shimcha ta’tillar beriladi.
▪️Yillik mehnat ta’tilining umumiy muddatini hisoblashda qo’shimcha ta’tillar asosiy ta’til bilan umumlashtiriladi (MKning 140-moddasi). Misol uchun, xodim I.B.Sharipov quyidagi huquqlarga ega:
➖uzaytirilgan asosiy ta’til (30 kalendarь kun); ➖ko’p yillik xizmati uchun qo’shimcha ta’til (8 kun); ➖zararli mehnat sharoitida ishlash uchun qo’shimcha ta’til (7 kun). Shunday qilib, bu misol bo’yicha ta’til jadvalida siz 45 kun davom etadigan ta’tilni rejalashtirishingiz kerak (to’liq 45 kun yoki xodim bilan kelishilgan holda, ta’tilni qismlarga bo’lingan holda).
▪️Ta’til jadvalini ishlab chiqayotgan vaqtda ish beruvchi va kadrlar xizmati xodimi, alohida imtiyozlarga ega bo’lgan xodimlarning hoxish-istaklarini, ularning qaysi vaqtda ta’tilga chiqishni hoxlashlarini inobatga olishlari kerak.
Ya’ni, Mehnat kodeksining 144-moddasiga asosan quyidagi xodimlarga ta’til ularning xohishiga ko’ra yozgi yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
➖14 yoshga to’lmagan bitta yoki undan ortiq bolani (16 yoshga to’lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg’iz ota, yolg’iz onaga (beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg’iz onalarga) va muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga;
➖I va II guruh nogironlariga;
➖1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo’yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
➖18 yoshga to’lmagan shaxslarga;
➖ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o’qiyotganlarga;
➖jamoa shartnomasi, kelishuvida nazarda tutilgan boshqа ҳолларда.
Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi T.Abdullayev