Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sudya yordamchisi tarafni ma’muriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantirishga vakolati bormi?


Sudya yordamchisi tarafni ma’muriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantirishga vakolati bormi?

 

Boya fuqarolik sudi sudьya yordamchisining taraflarga yuborgan chaqiruv qog’oziga ko’zim tushdi. Unda agar taraflar uzrli sabablarsiz sudga kelmasa, ma’muriy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilishi ko’rsatilgan. Sudьya yordamchisi chaqiruv xatida aynan “ma’muriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantiraman” degan. Savol tug’iladi, sudьya yordamchilari taraflarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantirishi mumkinmi? Bormi ularda bunday vakolat?

 

Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks (MJtK)ning 180-moddasiga ko’ra sudga hurmatsilik qilish, ya’ni bizning vaziyatda guvoh, jabrlanuvchi, da’vogar, javobgar, ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo’yin tovlashida ifoda etgan hurmatsizlik BHMning 1 barobaridan 3 barobarigacha miqdorda ma’muriy jarimaga sabab bo’ladi. Demak, sudga uzrli sababsiz kelmaslik, ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Endi MJtKning 245-4-moddasiga qaraymiz, bu moddaga ko’ra fuqarolik sudlariga ham MJtKning 180-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqish vakolati berilgan.

 

Ya’ni, yuqoridagi ikki moddaga ko’ra, fuqarolik sudlari sudga hech qanday uzrli sabablarsiz kelmagan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini ko’rishi mumkin. Lekin, bu javobgarlik chorasini kim ko’radi? Sudьyaning o’zimi, yoki sudьya yordamchisi ham ko’rishi mumkinmi?

 

Shu joyida Fuqarolik protsessual kodeksining 150-moddasiga nazar tashlaymiz, bu moddaning 1-qismida “sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin” deyilgan. Mazkur moddaning 5-qismida esa ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish bo’yicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudьya (sud tarkibi) tomonidan imzolanishi ko’rsatilgan.

 

Ko’rib turibsizki, sudga hurmatsizlik qilgan shaxslarga ma’muriy javobgarlik chorasi faqat sudga raislik qiluvchi sudьya, agar ish sudlov hay’ati tomonidan qo’llanadi. Ma’muriy javobgarlik chorasi haqidagi qaror ham aynan ular tomonidan imzolanadi.

 

To’g’ri, FPK 150-moddasi 6-qismiga binoan sudga hurmatsizlik fakti yuzasidan huquqbuzarlik to’g’risidagi bayonnoma sudьyaning yordamchisi yoki sud raisining og’zaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan ham tuzilishi mumkin. Lekin, bu yerda gap faqat bayonnoma haqida ketyapti, ma’muriy jazo esa faqatgina qaror tartibida va shu qarorni chiqarish vakolati berilgan shaxslar tomonidan qo’llaniladi. Ya’ni, sudьya yoki sud tarkibi tomonidan. Sudьya yordamchisida esa bunday vakolat yo’q.

 

Hulosa shuki, sudьya yordamchilari sudga hurmatsizlik faktlari yuzasidan taraflarga ma’muriy javobgarlik choralarini qo’llay olmaydi, demakki, ular chaqiruv xatlarida ham “ma’muriy javobgarlikka tortish haqida ogohlantiraman” kabi jumlalarni qo’llashi qonuniy emas.

 

Yangiyo‘l shahar adliya bo‘limi

bosh maslahatchisi       T.Abdullayev