Янгиликлар
Fuqarolik sudlarida nikoxdan ajratish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda yarashuv muddati xaqida
Fuqarolik sudlarida nikoxdan ajratish to’g’risidagi ishlarni ko’rishda yarashuv muddati xaqida
Nikohdan ajratish to’g’risidagi ishlarni ko’rib chiqayotganda, sud ishning ko’rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli. Sud er-xotinga yarashish uchun muhlat tayinlab, ishning ko’rilishini keyinga qoldirgan taqdirda, er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yig’inining yarashtirish komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan bo’lsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yig’inining yarashtirish komissiyasini hamda tuman hokimiyati qoshidagi oilaviy bo’limini er-xotinni yarashtirish bo’yicha tegishli choralar ko’rish uchun uch kundan kechiktirmasdan yozma ravishda xabardor qiladi.
Oliy sud Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo’yicha qonunchilikni qo’llash amaliyoti to’g’risida»gi 6-sonli Qarorining 16-bandiga asosan, Oila Kodeksiga muvofiq nikohdan ajratish to’g’risidagi ishni ko’rishda sud oilani saqlab qolish yuzasidan choralar ko’rishi lozim. Shu maqsadda, sud majlisida oilani saqlab qolish mumkinligini tasdiqlovchi holatlar (bolalar borligi, nikohning davomiyligi, oiladagi munosabatlarning xususiyatlari va boshqa holatlar) aniqlansa, sud har ikkala tarafning yoki ulardan birining iltimosiga binoan yoxud o’z tashabbusi bilan nikohdan ajratish to’g’risidagi ish ko’rilishini keyinga qoldirishga va er-hotinga yarashish uchun muhlat tayinlashga haqli.
Oliy sud Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi “Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo’yicha qonunchilikni qo’llash amaliyoti to’g’risida”gi 6-sonli qarorining 15-bandida tushuntirilishicha, sud er va xotinning yoki ulardan birining arizasiga ko’ra, yarashish uchun berilgan muhlatni jiddiy asoslar (er yoki hotinning boshqa turmushdan homiladorligi, ulardan birining og’ir kasallikka duchor bo’lganligi, narkotik moddallari iste’mol qilganligi yoki mutassil ravishda alkogolь mahsulotini iste’mol qilganligi uchun tegishli tibbiyot muassasasida doimiy ro’yxatda turgan bo’lsa, uzoq muddat davomida yashamasdan kelayotganligi va hokazo) mavjud bo’lgan hollarda qisqartirishga va ishni bu muhlat tugagunga qadar ko’rishga haqli.
Yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish to’g’risidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yo’li bilan hal etiladi.