Янгиликлар
Xadya shartnomasi
Xadya shartnomasi
Hadya shartnomasi deyilganda, ashyoni tekinga mulk qilib berish, mulk huquqini berish yoki bu majburiyatlarni olishga aytiladi.
Shuni esdan chiqarmangki,hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki bu hadya emas, vasiyatnomaga to’g’ri keladi. Hadya shartnomasida ko’zda tutilgan mulk taraflar tomonidan shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.Hadya shartnomasini imzolangan zaxotiyoq ikkinchi taraf mulkiga o’tib ketadi va qaror o’zgartirilmaydi.
Agar hadya qilishni niyat qilgan inson hali shartnoma tuzilmasdan olamdan o’tib qolsa, bo’lajak hadya egasi mulkni talab qilishga haqli emas. Bu shunchaki quruq va’da hisoblanadi. Agar notarial idorada ish boshlangan bo’lib, shartnoma tuzish harakatlari amalga oshirilgan bo’lsa, ishni marxumning yaqinlari meros guvohnomasini rasmiylashtirish orqali davom ettirishlari mumkin.
Shartnoma asosida ko’chmas mulk-uy hadya qilingani amaliyotda ko’p kuzatilgani bois, ba’zi insonlar boshqa narsalar bilan hadya shartnomasini tuzish mumkin emas, deb o’ylaydilar. Aslida rasmiy hadya avtomashina, qimmatbaxo qog’oz, qimmatbaxo buyum, ko’p miqdordagi pul ham bo’lishi mumkin. Qonunda ko’chmas mulk va avtomototransportlarni notarial tartibda xadya qilish majburiy belgilangan.
Yuqorida sanalgan boshqa narsalarni xohlasalar o’zaro kelishishlari, xohlasalar rasmiylashtirish uchun notarial idoralarga murojaat qilishlari mumkin.Agar xadya shartnomasi yozma shaklda tuzilgan bo’lsa, xadyani rad etish ham yozma shaklda amalga oshirilishi kerak. Agar xadya shartnomasi ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, xadyani qabul qilishni rad etish ham davlat ro’yxatidan o’tkazilishi lozim.
Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog’lig’iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo’l qo’yiladi.Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o’ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo’lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo’q bo’lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Eslatma:Er va xotinning nikohga qadar o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki, shuningdek ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o’z mulki hisoblanadi.
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo’yilishi mumkin.Hadya bekor qilingan taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda saqlanib qolgan bo’lsa, qaytarishi lozim.Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani bekor qilish to’g’risidagi qoidalar og’zaki tuzilgan hadya shartnomalariga nisbatan qo’llanmaydi.
Eslatma:qurollar yoki shu kabi jamoat xavfsizligiga xavf soluvchi buyumlarni hadya qilish mumkin emas.Xadya qiluvchi hadya qilingan xonadonda oila a’zosi sifatida istiqomat qilishga haqlidir.Hadya qiluvchi hadya evaziga nimadir talab qilishga haqli emas.