Янгиликлар
Mehnat nizolari bo’yicha sudga murojaat qilish muddatlari.
Mehnat nizolari bo’yicha sudga murojaat qilish muddatlari.
Mehnat kodeksining 270-moddasiga asosan, mehnat huquqingiz buzilgan taqdirda sudlarga murojaat qilishning quyidagi muddatlari belgilangan !
Ishga tiklash nizolari bo’yicha — xodimga tegishli buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab 1 oy;
Ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to’lash haqidagi nizo bo’yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo’lgan kundan boshlab 1 yil;
Mehnat bilan bog’liq boshqa nizolari bo’yicha — xodim o’z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo’lgan kundan boshlab 3 oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Yuqoridagi muddatlarga e’tiborli bo’lish faqat o’zingizni foydangizga ishlaydi. Agar ushbu muddatlarni o’tkazib yuborganingizdan keyin keltirgan sabablaringiz sud tomonidan rostdan xam uzrli deb topilmasa, sud o’tib ketgan muddatni tiklamaydi.