Янгиликлар
Ota-onalar xususiy bolalar bog’chalar va maktablarga to’lov uchun daromad solig’i to’lamaydi
Ota-onalar xususiy bolalar bog’chalar va maktablarga to’lov uchun daromad solig’i to’lamaydi
Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotida o’qish pullik hisoblanadi. Endi ota-ona (farzandlikka oluvchi)ning buning uchun har bir farzandga oyiga 3 mln so’m doirasidagi xarajatlari soliq solishdan ozod qilingan
Ushbu imtiyoz qanday ishlaydi?
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiyoki maktabda ta’lim pullik hisoblanadi.
Endilikda ota-onaning (farzand asrab oluvchining) har bir bola uchun oyiga 3 mln so’m miqdoridagi xarajatlari soliqdan ozod etildi.
Masalan, ota (ona)ga uning ish joyi bo’yicha har oyda 720 ming so’m (6 mln so’mdan 12%) JShODS ushlab qolingan holda 6 mln so’m ish haqi hisoblanadi. U buxgalteriyaga o’z farzandining ta’minoti uchun MTTga har oyda 2,5 mln so’m o’tkazish haqida ariza taqdim etadi.Ushbu 2,5 mln so’m uchun soliq hisoblanmaydi. Buxgalteriya faqat 3,5 mln so’m (6 mln so’m - 2,5 mln so’m) farqdan soliq ushlab qoladi. Soliq 420 ming so’mni (3500 x 12%) tashkil qiladi. Ota (ona) soliqdan oyiga 3 00 ming so’m tejaydi.
Imtiyoz qanday qo’llaniladi?
Ota (ona) imtiyozni:
—o’z korxonangizning buxgalteriyasiga mablag’larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta’lim tashkilotiga o’tkazish haqida ariza va to’lovga schyot (shartnoma) taqdim etgan holda ish joyi bo’yicha;
—soliq xizmatiga yil yakunlari bo’yicha daromadlar to’g’risida deklaratsiya va o’qish uchun to’lov amalga oshirilganligi to’g’risida hujjatlarni taqdim etgan holda qo’llashi mumkin.