Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Aliment undirish to’g’risidagi ishlarni to’lash shaklilari:


Aliment undirish to’g’risidagi ishlarni to’lash shaklilari:

 

1) ixtiyoriy yo’l bilan;

2) kelishuv yo’li bilan;

3) sud yo’li bilan.

 

Aliment majburiyatlari ba’zan aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki o’z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyidan yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya yo boshqa turdagi mablag’ olayotgan joydan to’lanadi. Bunday holda ma’muriyat yozma arizaga asosan har oylik ish haqidan aliment summasini ushlab qolib, arizada ko’rsatilgan shaxsga, ya’ni aliment oluvchiga jo’natib turadi. Ma’muriyat orqali aliment to’lash tartibi aliment to’lovchi va aliment oluvchi uchun qulaylik tug’diradi. Qonun mazmuniga ko’ra aliment to’lovchining bunday tartibda aliment to’lashi uning huquqi hisoblanadi, lekin majburiyati emas. Bu yo’lda qonun aliment olishi lozim bo’lgan shaxsning sud himoyasidan foydalanish huquqini qo’riqlab, sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.

 

Alimentni ixtiyoriy tartibda to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan tartibga solinadi. Alimentni ixtiyoriy tartibda to’lash aliment to’lovchi shaxs bilan aliment undiruvchi shaxs o’rtasida tuzilgan aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to’lash tartibi) asosida hal qilinadi.

 

Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo’lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Aliment to’lash to’g’risida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.

 

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi 130-moddasiga muvofiq, aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to’lash tartibi) aliment to’lashi shart bo’lgan shaxs bilan alimeng oluvchi o’rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo’lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.

 

Notarial tartibda tasdiqlangan aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo’ladi.Notarial tasdiqlangan kelishuv ijro xujjatiga teng xisoblanadi ya’ni, kelishuv sud qarori qanday kuchga ega bo’lsa shunday kuchga ega bo’ladi. O’ylashimcha aliment masalasida shunday kelishuv tuzish foydaliroq. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv taraflarning o’zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o’zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment to’lash to’g’risidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan bo’lsa, uni o’zgartirish yoki bekor qilish ham o’sha shaklda amalga oshiriladi.