Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Vasiyatnomani notarial tasdiqlash tartibi


Vasiyatnomani notarial tasdiqlash tartibi.

 

Vasiyatnoma matni vasiyat qiluvchi tomonidan yozilib, notariusga shaxsan taqdim etilgan yoki uning so’zlaridan notarius tomonidan yozib olingan bo’lishi kerak bo’ladi.Mol-mulkning egasiga tazyiq o’tkazib majburan yozdirish mumkin emas.

 

Shuni esdan saqlash lozimki,vasiyatnomani tasdiqlab berishda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab qilinmaydi (yaьni,kadastr xujjatlari).

 

Vasiyatnoma yozilgan joyi, sanasi va vaqti ko’rsatilgan holda yozma shaklda tuziladi

 

Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o’z qo’li bilan imzolanishi, familiyasi, ismi va otasining ismi to’liq yozilishi shart.

 

Agarda vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o’z qo’li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius hozir bo’lganida vasiyat qiluvchi o’z qo’li bilan imzolay olmaganligining sabablarini ko’rsatilgan holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo’yishi mumkin.Bunday vaziyatdada, notarius O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1128-moddasiga asosan vasiyat qiluvchining o’rniga vasiyatnomani imzolagan fuqaroga meros ochilgunga qadar vasiyatnomaning mazmuni, uning tuzilishi, bekor qilinishi yoki o’zgartirilishiga daxldor ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emasligi tushuntiradi va bu haqda vasiyatnoma matnida qayd etadi.

 

Shuningdek, vasiyatnoma matnida vasiyat qiluvchining o’rniga vasiyatnomani imzolagan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug’ilgan yili, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va doimiy propiska qilingan manzili yoziladi.

 

Vasiyatnomani imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.

 

Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo’yiladi.

 

Notarius tomonidan vasiyat qiluvchining vasiyatnomani o’zgartirish yoki bekor qilish haqidagi arizasi notarial shahodatlantirilishi kerak.

 

Notarius vasiyatnomani o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risida ariza olgan taqdirda vasiyatnomaning notariusda saqlanayotgan nusxasiga belgi qo’yadi va Tizimga bu xususda ma’lumot kiritadi.

 

Vasiyatnomani o’zgartirish yoki bekor qilish to’g’risida ariza notarial idorada yuritiladigan bitimlarni bekor qilish to’g’risidagi alohida yig’majildda saqlanadi.Vasiyat qiluvchi o’zida saqlanayotgan vasiyatnoma nusxasini taqdim etgan taqdirda, vasiyatnomaning o’zgartirilganligi yoki bekor qilinganligi to’g’risida bu nusxaga ham yozib qo’yiladi.