Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda AKTning o‘rni”


Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda AKTning o‘rni

        Barchamizga ma’lumki, «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish imkoniyatidan faqat tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi mumkin bo‘lgan. Buning natijasida fuqarolar turli davlat organlarida hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha murakkab tartib-taomillardan o‘zlari o‘tishga majbur bo‘lishar edi. Shularni inobatga olib, aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini ta’minlash, ularni ko‘rsatish bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish hamda aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining sifat jihatidan yangi darajaga o‘tishini ta’minlash maqsadida Respublikaning barcha hududida bo‘lgani kabi Bo‘ka tumanida ham Davlat xizmatlari markazi tashkil etilgan edi.   

          So‘ngi yillarda yurtimizda olib borilayotgan samarali islohotlar natijasida davlat xizmatlari ko‘rsatishda va undan foydalanishda elektron hukumatning o‘rni tobora yuksalib bormoqda. Umuman olib aytganda, elektron hukumatning asosiy vazifalari davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini hamda ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha imkoniyatlar yaratishdan iborat.

          Xususan, hozirgi kunda aholining mustaqil ravishda uylaridan chiqmagan holda “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, elektron portal orqali 140 turdan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari, bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar ham mustaqil ravishda “fo.birdarcha.uz” sayti orqali davlat ro‘yxatidan o‘tib tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari mumkin. Bu kabi yaratilayotgan imkoniyatlardan barcha fuqarolarimiz samarali foydalanishsa xam vaqtlarini xam moliyaviy xarajatlarini tejashar edi. Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni mamlakatimizda mavjud barcha elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirishingiz mumkin. Misol uchun, Click, Payme, Upay, Paynet, Uzcard, Oson, Websum, banklar mobil to‘lov ilovalari va boshqalar.

 

Chinoz tuman davlat xizmatlari

markazi bosh mutaxassisi

J.Ahmedov