Янгиликлар
Kontraktatsiya shartnomasi
Kontraktatsiya shartnomasi
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun bunday mahsulotni xarid qiladigan shaxsga –– tayyorlovchiga shartlashilgan muddatda topshirish (topshirib turish) majburiyatini oladi, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish (qabul qilib turish), uning haqini shartlashilgan muddatda muayyan bahoda to‘lash (to‘lab turish) majburiyatini oladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchining majburiyatlari
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtiruvchi o‘stirilgan (ishlab chiqarilgan) qishloq xo‘jaligi mahsulotini tayyorlovchiga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda topshirishi shart.
Agar mahsulot yetishtiruvchi belgilangan majburiyatlarini bajarmaganligi oqibatida qishloq xo‘jaligi mahsuloti kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan miqdor va assortimentda olinmasligi oldindan ma’lum bo‘lib qolsa, tayyorlovchi shartnomani bekor qilishni yoki o‘zgartirishni va zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Tayyorlovchining majburiyatlari
Agar kontraktatsiya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tayyorlovchi yetishtiruvchi joylashgan yerda undan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qabul qilishi (qabul qilib turishi) va olib ketishni ta’minlashi (ta’minlab turishi) shart.
Agar qishloq xo‘jaligi mahsuloti tayyorlovchi joylashgan yerda yoki u ko‘rsatgan boshqa yerda qabul qilinsa, tayyorlovchi yetishtiruvchi tomonidan kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq va shartlashilgan muddatda keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.
Tayyorlovchi qishloq xo‘jaligi mahsulotini olib ketishni yoki qabul qilib olishni ta’minlamagan taqdirda yetishtiruvchiga qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymatini va uni keltirish xarajatlarini to‘laydi.
Kontraktatsiya shartnomasiga muvofiq olingan qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlaydigan tayyorlovchi yetishtiruvchining talabiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash chiqindilarini taraflar kelishgan narxda yetishtiruvchiga qaytarishi shart.
Chinoz tuman adliya bo'limi yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuristkonsulti
M.Nunnazarov.