Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

TALABA VA OʻQUVCHILARINING QISHKI TAʼTILINI TASHKIL ETISH


TALABA VA OʻQUVCHILARINING QISHKI TAʼTILINI TASHKIL ETISH

Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida taʼlim oluvchilarning qishki taʼtil vaqtida oʻzlari doimiy ravishda istiqomat qilayotgan joylarga oʻz vaqtida va xavfsiz yetib borishlari va qaytishlarini tashkil etish, ularning qishki taʼtil vaqtini samarali va mazmunli oʻtkazishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022-yildagi “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari talaba va oʻquvchilarining qishki taʼtilini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 560-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, Taʼlim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi oʻn kunligi va yanvar oyining birinchi oʻn kunligi oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalari talaba (oʻquvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtilini oʻtkazish belgilandi.

Shuningdek, bayram kunlari va qishki taʼtil davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy taʼlim muassasasining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, Mazkur qarorning 6-bandiga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va «Uzbekistan airways» AJga Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining qishki taʼtilni eʼlon qilish haqidagi buyrugʻi va buyurtmanomalari asosida qishki taʼtil boshlanishidan 10 kun avvaldan boshlab chiptaning toʻliq qiymatidan 50 foizli chegirma toʻlovi asosida respublika ichida harakatlanuvchi tezyurar va yoʻlovchi (yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar va barcha yoʻlovchi poyezdlarning SV, VIP vagonlari bundan mustasno) poyezdlariga hamda mahalliy aviareyslarga chiptalarning ekonom sinfi tarifi qiymatidan 50 foizli chegirma toʻlovi asosida sotuvini tashkil etish tavsiya etiladi.

 

Ohangaron tuman adliya

boʻlimi boshligʻi                                                                B.Joʻrayev