Янгиликлар
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan Yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathi bo‘yicha yangi qarordan xabardormisiz!
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan Yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathi bo‘yicha yangi qarordan xabardormisiz!
O`zbekiston Respublikas Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi “Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-439-son Qarori qabul qilinib, mazkur Qaror bilan:
2023-yil 1-yanvardan boshlab:
a) yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi
5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi, bundan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida va jismoniy shaxslar tomonidan chuqurligi 25 metrgacha bo‘lgan quduqlarni burg‘ilash hamda sutkasiga 5 metr kubgacha hajmdagi yer osti suvlarini shaxsiy ehtiyojlar uchun yakka tartibda olish mustasnoligi;
b) yer osti suvlarining ko‘p yillik o‘rtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlarda yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilashga gidrogeologik xulosa va suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnoma Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan:
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini sug‘orish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan Suv xo‘jaligi vazirligi bilan kelishilgan holda;
ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda berilishi;
v) qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqalar) foydalanilmaganda burg‘i quduqlaridan foydalanishni taqiqlash Davlat geologiya qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan boshlab:
yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash uchun ruxsatnoma berishning amaldagi tartibi bekor qilinadi hamda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda — burg‘ilovchi subyektlar) yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish tartibi joriy etilishi;
burg‘ilovchi subyektlarga o‘z tasarrufidagi burg‘ilash uskunalarini GPS-trekerlar bilan jihozlash va ularni doimo ishchi holatda saqlash majburiyati yuklatilishi;
qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli texnik hujjatlarga ega bo‘lmagan burg‘ilash uskunalari yordamida yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash taqiqlanishi va Inspeksiya tomonidan bunday holatlar aniqlangan taqdirda, burg‘ilash uskunalarini musodara qilish yuzasidan sudga murojaat etilishi;
yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnomaning talab va shartlarini bajarmaganlik uning amal qilishini to‘xtatib turishga, gidrogeologik xulosasiz burg‘ilash ishlarini olib borish esa ruxsatnomani bekor qilishga asos bo‘lishi;
yer osti suv olish inshootlariga (burg‘i qudug‘i, buloq kaptaji) ega bo‘lgan barcha yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga yillik suv olish miqdori to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda Davlat geologiya qo‘mitasining hududiy gidrogeologiya stansiyalariga topshirish majburiyati yuklanishi;
vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan shakllantiriladigan yer osti suvlari hisobiga suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha istiqbolli dasturlar Davlat geologiya qo‘mitasi bilan kelishilishi shartligi belgilab o`tildi.
Yuridik markaz bosh yuriskonsulti X.E.Tuxliyev