Янгиликлар
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Qurilish loyihalarini amalga oshirishda yangi mexanizim va yangicha nazorat oʻrnatilshidan xabaringiz bormi!
2023-yil 1-yanvardan boshlab, Qurilish loyihalarini amalga oshirishda yangi mexanizim va yangicha nazorat oʻrnatilshidan xabaringiz bormi!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. (17.11.2022-y., PQ–425-son).
Qaror asosida quyidagilar belgilandi:
1. 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar, shuningdek, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalash-tiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha loyihalar doirasida:
– obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʻtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi;
– hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tegishli hududda
Dasturlar va Loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, sifati hamda koʻlami ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi.
Aniqlangan kamchiliklar haqida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha tuman (shahar) shtablariga maʼlumot taqdim etadi.
Shuningdek, Bosh prokuraturaga quyidagilar yuklatildi:
a) Dasturlar va loyihalar doirasida quyidagi yoʻnalishlarda nazoratni kuchaytirish:
– dasturlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish, obyektlarni moliyalashtirish va qurilish-taʼmirlash ishlarini olib borish tadbirlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi
PQ-43-sonli qarori bilan belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
– har bir obyekt boʻyicha yer maydoni ajratish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza qilish, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish va moliyalashtirish tadbirlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda bajarish;
– obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda arxitektura, shaharsozlik va boshqa qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
– loyiha-smeta hujjatlarida ortiqcha ish hajmlari koʻrsatilishi va mahsulotlar narxlari asossiz oshirilgan holda kiritilishining oldini olish choralarini koʻrish;
– qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga topshirish va qabul qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ushbu jarayonda ortiqcha byurokratiyaga yoʻl qoʻyilmaslik choralarini koʻrish;
– jismoniy va yuridik shaxslarning Dastur va Loyihalar doirasidagi qurilishlar bilan bogʻliq murojaatlarini oʻrganish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini taʼminlash;
b) har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishini taʼminlash yuklatildi.
Ohangaron tumani bosh
yuriskonsulti Tuxliyev Xamidullo Erkinovich