Янгиликлар
Mamlakatimizda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilmoqda bundan qanchalik xabardorsiz!
Mamlakatimizda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilmoqda bundan
qanchalik xabardorsiz!
O`zbekiston Respublikas Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo`llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida ” Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil qilinishi belgilandi.
Mazkur Farmonning ijrosini ta`minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrda 650-sonli Qarori qabul qilinib, Qarorga ko`ra markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan uyda o‘tirib qolgan ehtiyojmand ayollar, shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida mahallalarda tikuvchilik, qandolatchilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
mahallalarning geografik joylashuvi, aholi soni va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘sish nuqtalarini inobatga olgan holda, ishsiz, lekin ishlash istagida bo‘lgan kasb-hunarga ega bo‘lmagan, shuningdek, o‘z bilimlarini yanada mustahkamlash va malakasini oshirish, tadbirkorligini kengaytirish maqsadida qo‘shimcha kasblar va hunarlarga o‘qish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni tegishli kasblarga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish. Ularning kelgusida o‘zlashtirgan kasblari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga va rivojlantirishga ko‘maklashish;
xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar haqida aholini xabardor qilish maqsadida zarur ma’lumot va tavsiyalarni berib borish;
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash maqsadida fitnes, sheyping kabi sog‘lomlashtirishga mo‘ljallangan xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy sport harakatlarini tibbiyot profilaktikasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yish;
muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro‘yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda rivojlantirishda, bandligini ta’minlashda, kasb-hunar egallashida ko‘maklashish.
Yuridik markaz bosh yuriskonsulti X.E.Tuxliyev