Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yangi qabul qilingan Mexnat kodeksiga koʻra Vaxta usulida ishlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar belgilandi.


Yangi qabul qilingan Mexnat kodeksiga koʻra Vaxta usulida ishlash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar belgilandi.

 

Yangi qabul qilingan Mexnat kodeksining 465-moddasiga muvofiq Vaxta usulida ishlash xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini taʼminlash imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning doimiy yashash joyidan tashqarida mehnat jarayonini amalga oshirishning alohida
shaklidir.

Vaxta usulida ishlash ish joyi xodimlarning doimiy yashash joyidan
yoki ish beruvchining joylashgan yeridan sezilarli darajada uzoqda
joylashganida ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa
obyektlarni qurish, taʼmirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini
qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy
sharoitlarga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan
foydalanilishini taʼminlash maqsadida, shuningdek boshqa ishlab
chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻllaniladi.

Vaxta usulidagi ishlarga jalb qilinadigan xodimlar ishlarni
bajarish obyektida boʻlish davrida ish beruvchi tomonidan maxsus tashkil
etiladigan, mazkur xodimlarning ishlarni bajarishi vaqtida hayot
faoliyatini va smenalar oʻrtasida dam olishini taʼminlash uchun
moʻljallangan binolar va inshootlar majmuidan iborat boʻlgan vaxta
shaharchalarida yoxud shu maqsadlar uchun moslashtirilgan va ish
beruvchining hisobidan haqi toʻlanadigan yotoqxonalarda, boshqa turar
joylarda yashaydi.

Agar vaxta obyektida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodim har
kuni oʻz doimiy yashash joyiga qaytish imkoniyatiga ega boʻlsa, bunday ishni
bajarish vaxta usulida ishlash hisoblanmaydi.

Ishning vaxta usulini qoʻllash tartibi ish beruvchi tomonidan kasaba
uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Ishni vaxta usulida tashkil etish toʻgʻrisidagi namunaviy nizom
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan
kelishilgan holda tasdiqlanadi.

 

Parkent tumani Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Bosh yuristkonsulti                                                                        M.M.Payziyev.