Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.11.2022-yildagi “Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻris


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 08.11.2022-yildagi “Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 653-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

 

- Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

- Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million soʻmni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan eʻtiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi.

- 2022-yil 10-dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan toʻlangan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qoʻshimchalar kiritiladi.

 

2022-yil 15-dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtishlarida Oʻzbekistonga kirib kelganligini qayd etish maʻlumotlari orqali identifikatsiya qilish imkoniyati yaratiladi.

 

 

Parkent tumani adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi                                           A.Xamdamov