Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.10.2022-yilda, Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan OʻRQ–795-son Qonuni imzolandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 26.10.2022-yilda, Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan OʻRQ–795-son Qonuni imzolandi

 

Unga koʻra:

- ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil boʻlgan taqdirda oxirgi ish joyidan qatʻi nazar, belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladi.

- Qonunga muvofiq, oʻgay ota va oʻgay onaning vafot etgan oʻgay oʻgʻilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

- Hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarga – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha belgilanadi.

Bunda ularning pensiyasiga ustama toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

 

- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

 

 

Parkent tumani adliya

boʻlimi bosh maslahatchisi                                                 A.Xamdamov