Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 13.12.2022 yilda “Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 705-son qarori qabul qilindi

Mazkur Qaror bilan Sud ekspertlarining faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom quyidagilarni belgilaydi:
-sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;
-reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish, rag‘batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qo‘llash;
-reyting ko‘rsatkichlari yuqori sud ekspertlarining ishini ommalashtirish.
Shuningdek, qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatiga oid nizom ham tasdiqlandi.
Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ularning budjetdan tashqari jamg‘armalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirsh uchun sarflashga ruxsat beriladi.
Parkent tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov