Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasi tomonidan 19.10.2022 yilda “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 611-son qarori qabul qilindi

Mazkur Qarorga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.
Bunda quyidagilar:
- tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish shakllari;
- kitobga kiritiladigan tekshiruvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularni kiritish tartibi;
- kitobni to‘ldirish tartibiga rioya qilishni monitoring qilish va uning hisobini yuritish begilandi.
Shuningdek, nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilanib, attestatsiyadan o‘tgan xodimga tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma beriladi.
Bundan tashqari, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining qonunni buzish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimini ishlab chiqishga doir minimal talablar belgilandi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov