Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18.11.2022 yilda "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–427-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 18.11.2022 yilda "Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–427-son qarori qabul qilindi
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
- Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi;
- Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
- Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari a’zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m), biroq yo‘llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lanadi.
2023 yil 1 yanvardan:
-Mahalliy budjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;
-Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
-Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov