Янгиликлар
Vazirlar Maxkamasining 18.10.2022 yildagi 609-son qarori bilan, “O‘zbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” tasdiqlandi
Vazirlar Maxkamasining 18.10.2022 yildagi 609-son qarori bilan, “O‘zbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” tasdiqlandi
Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, ShES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.
Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:
- uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari;
- uskunalarning kompleks sinab ko‘rilishi.
Energetika ob’ektlarida ishlashga maxsus ma’lumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi.
- Tezkor va tezkor-ta’mirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart.
Shuningdek, Qoidalarda energetika ob’ektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov