Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 15.10.2022 yilda "Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 606-son qarori qabul qilindi


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 15.10.2022 yilda "Respublika hududlarida innovatsion va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 606-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur qarorga ko‘ra, Nukus, Buxoro, Jizzax va Namangan shaharlarida Toshkent shahrida barpo etilgan “Inno” texnoparki shaklidagi texnoparklarni 2023-2026 yillarda bosqichma-bosqich barpo etish belgilangan.

Qarorga muvofiq, texnoparklarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-texnoparkda iqtidorli yoshlar, talabalar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga jalb etish;

-texnoparkda biznes-inkubatorlar, tajriba maydonchalari tashkil qilish;

-tashabbuskor yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirish hamda ularni joriy etish va moliyalashtirish;

-yetakchi xorijiy kompaniyalar vakillari, ekspertlar ishtirokida treninglar va mahorat darslari o‘tkazish.

 

Investitsiya loyihalari markazi tuzilmasida Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi tashkil etiladi.

- Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzurida “Investorlarga ko‘mak markazi” tashkil etiladi.

        - Markaz innovatsion yondashuv asosida barcha darajadagi masalalarni hal qilish vakolatiga ega, investorlar va tadbirkorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ko‘maklashib boradi.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                    M.Mirxomidov