Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasi tomonidan 15.10.2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori qabul qilindi


Vazirlar Maxkamasi tomonidan 15.10.2022 yilda “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash organlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 605-son qarori qabul qilindi

 

Mazkur Qarorga ko‘ra, muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.

       Bunda:

        -xarajatlar amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi.

- Xarajatlar akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organlariga qoplab beriladi.

- Xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholashlarda bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.

- Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 apreldan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari akkreditatsiyasidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi belgilangan.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                             A.Xamdamov