Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019 yildagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuhullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.12.2019 yildagi “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shuhullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi 1030-son qarori qabul qilingan.
Bunda lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq xodimning faoliyati natijalari asosida quyidagicha o‘rnatilishi mumkin:
- yoshlarni tarbiyalashga oid ishlangan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslublar uchun – 30 foizgacha;
- ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy maqola nashr qilganligi uchun:
-milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun – 15 foizgacha;
-xalqaro jurnallardagi har bir maqola uchun – 30 foizgacha belgilanadi.
Shuningdek, lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq erishilgan natijalardan kelib chiqib yoki zarur shartlar bajarilganda belgilanadi:
fan olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagani uchun:
-tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
-respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;
-xalqaro miqyosdagi natijalar uchun 30 foizgacha;
-zamonaviy o‘quv-ko‘rgazmalarni yaratganligi uchun 10 foizgacha;
-noan’anaviy yo‘nalishdagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilganiligi uchun 30 foizgacha;
-o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qo‘shgan hissasi uchun 20 foizgacha.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov