Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasining 14.10.2022 yildagi 599-son qarori bilan, "Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi


Vazirlar Maxkamasining 14.10.2022 yildagi 599-son qarori bilan, "Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

 

Mazkur Nizom bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.

- Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar to‘rt yilda kamida bir marta malaka oshirishlari shart.

- Mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-pedagogik qayta tayyorlash;

-kasbiy qayta tayyorlash;

-maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.

Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish);

-ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;

-xorijda tajriba orttirish;

-mustaqil o‘qib bilim orttirish;

-masofaviy ta’lim.

Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi bosh maslahatchisi                                              A.Xamdamov