Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021 yildagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6277-son farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etilgan
- Bolalar nafaqasi 18 yoshgacha bolalar uchun 12 oygacha to‘lanadi.
- Bolalar nafaqasining har oylik miqdori quyidagicha:
- 3 yoshdan 18 yoshgacha 1 nafar farzand uchun – 250 ming so‘m;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun – 325 ming so‘m;
- oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 150 ming so‘m;
- oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun – 100 ming so‘mdan.
Yolg‘iz fuqarolarga, farzandi bo‘lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga oylik 380 ming so‘m moddiy yordam tayinlanadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov