Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vazirlar Maxkamasining 15.10.2022 yildagi 603-son qarori bilan, “Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartib


Vazirlar Maxkamasining 15.10.2022 yildagi 603-son qarori bilan, “Respublikaning seysmik faol zonalarida qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi

 

 

Mazkur Nizomga ko‘ra, loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangandan keyin ular xavflilik omili IV toifaga mansub ob’ektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun buyurtmachi tashkilotlar tomonidan Qurilish vazirligiga taqdim etiladi va quyidagi muddatlarda xulosa beriladi:

- loyiha-smeta hujjatlari uch kun muddatda zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar olish uchun Fanlar akademiyasiga yo‘naltiriladi;

- hujjatlar yo‘naltirilgandan so‘ng bir kun muddatda buyurtmachi tashkilotlar Fanlar akademiyasiga buyurtmanoma taqdim etadi;

- Fanlar akademiyasi o‘n ish kuni davomida buyurtmachilar bilan shartnoma rasmiylashtiradi hamda nazariy va amaliy tajriba sinovidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi;

- Fanlar akademiyasi bir oydan uch oygacha bo‘lgan muddatda ilmiy tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qiladi;

- Fanlar akademiyasi ilmiy xulosa qabul qilgandan keyin uch ish kuni davomida zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosaning nusxasini buyurtmachiga yetkazadi;

- shartnoma shartlari to‘liq bajarilganda xulosaning asli va taqdim etilgan hujjatlar buyurtmachiga beriladi.

 

Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab respublikaning seysmik faol zonalarida yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan ob’ektlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish tartibi joriy etilgan.

 

 

Parkent tumani adliya

bo‘limi yetakchi maslahatchisi                                    M.Mirxomidov